maska
bilan ulashing
1. Yuzga tutiladigan, odam yoki hayvon qiyofasi tasvirlangan maxsus niqob.
2. Oʻzini tanitmaslik uchun (maskarad va shu kabilar tomoshalarda) yuzning yuqori qismini berkitadigan, koʻz uchun ikki teshik ochilgan maxsus parda.
-
Qora maska. Maska kiymoq.
3. Himoya uchun yuzga (ogʻizga, burunga) tutiladigan maxsus moslama.
-
Protivogaz maskasi. Jarroh maskasi.
4. Oʻlgan odamning yuzidan gips (ganch) vositasida olinadigan quyma nusxa, tasvir.
5. Kosmetikada; yuz va boʻyin terisini yaxshilash, parvarishlash uchun maʼlum narsalar aralashmasidan tayyorlangan pardoz vositasi.
6. Qilichbozlik, xokkey va boshqalar sport turlarida sportchining yuzini jarohatlardan saqlovchi himoya anjomi.
sheva Sariyogʻ.
-
— Gulnor, suv keltir! Maskani ayrondan oʻzim ajrataman — dedi xotin. S. Ayniy, Doxunda
MASKA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МАСКА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
maska so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar