maslahat
bilan ulashing
1. Biror ishni qanday qilish yoki umuman nima qilish kerakligi haqida yoʻl-yoʻriq tarzidagi fikr, mulohaza.
-
Yaxshi maslahat. Maslahat bermoq (qilmoq). Maslahat soʻramoq (qilmoq).
-
Mening fikrimcha, chigit ekishda hosilot otaning maslahatiga koʻnish kerak edi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
-
Bu maslahat Sidiqjonga ham maʼqul tushdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Umid akademik Otaboyev hovlisiga ham bir necha bor borib, oʻz ishiga doir maslahatlar oldi. Mirmuhsin, Umid
2. Tavsiya, taklif tarzidagi gap.
-
Gapga quloq soling, sizga maslahatim — boʻlar-boʻlmasga kuyib-pishavermang. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Sizga mening maslahatim — Andijonda koʻp turmang. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
3. Kengash, fikr olishish.
-
Maslahat bilan boʻlgan ish buzilmas. Maqol
-
Yakshanba kuni qarindosh-urugʻlar maslahatga toʻplanishdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Mohidil maslahat yigʻinida baʼzilarning Hoshimjondan norozi boʻlganini koʻz oldiga keltirdi. J. Abdullaxonov, Toʻfon
-
Bundoq maslahat majlislarini ham uyushtirish oʻz vazifasi deb oʻylardi. Mirmuhsin, Meʼmor
maslahat soʻzi qatnashgan jumlalar:
Maslahat koʻrmoq
-
xon bu ishni maslahat koʻrsalar, biz yordamga hozirmiz degan quruq vaʼdalar bilan javob maktubi olingan edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Siz ustozga yana biron shikoyat yetmasligini oʻylab, Xurosondan chiqib ketishingizni maslahat koʻramiz. Mirmuhsin, Meʼmor
Maslahat oshi
-
Maslahat oshidan keyin eng katta va muhim ish toʻy emas, yangi uyga koʻchib kirish boʻlib qoldi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Maslahat solmoq
-
Keksa usta oʻgʻillarini toʻplab, maslahat soldi. S. Siyoyev, Avaz.
-
Oyimga xarxasha qilavergan edim, oyim buvimga maslahat soldi. H. Nazir, Yonar daryo
Maslahat qilmoq
-
Ammo olti ovsin har kuni pichirlashib, nimanidir maslahat qilishardi. S. Ahmad, Kelinlar qoʻzgʻoloni
-
Qurbon ota oʻz tengqurlarini yigʻib, ishni qachon va qanday boshlash toʻgʻrisida maslahat qildi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Maslahatni bir yerga qoʻymoq
-
Ona-bola tuni bilan hasratlashib, oxiri maslahatni bir yerga qoʻyadilar. P. Tursun, Oʻqituvchi.
MASLAHAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МАСЛАҲАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
maslahat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar