zum
bilan ulashing
1. Chillak oʻyinida: nafas olmay yugurib ketayotganda uzluksiz chiqarib boriladigan tovush (bu tovushning uzilishi nafas tugaganini, binobarin, oʻyinchi oʻyindan chiqqanini bildiradi).
2. Juda qisqa fursat, lahza, on.
-
Inobat goʻyo soʻz topolmagan odamday, bir zum jim qoldi. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
-
[Dilfuza] Bir zum toʻxtab, koʻz yoshlarini artdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
zum soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bir zumda yoki zum oʻtmay
-
Gul-nor hamma narsani bir zumda tayyorlab, dadasiga koʻrsatdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Zum oʻtmay [Alimardon] tagʻin koʻzini ochdi. Oʻ. Hoshimov, Bahor qaytmaydi
-
Biroq zum oʻtmay raisning yana kayfiyati buzildi. T. Hamidov, Uvol emasmi?
-
Zum oʻtmay toʻzon orasidan otilib chiqqan bir guruh suvorilar koʻzga chalindi. O. Yoqubov, Koʻhna dunyo
ZUM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЗУМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
zum so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar