zurriyot
bilan ulashing
1. Bir ajdoddan tarqalgan avlod; nasl-nasab; zot.
-
Nima yeydi dilbar oting, Bayon ayla zurriyoting. Murodxon
-
— Hoy aka, siz ham bundoq yorilsangiz-chi odam boʻlib, kimsiz, zot-zurriyotingiz kim? — dedi koʻzi ojiz tankchi yigit. N. Safarov, Olovli izlar
2. Bola, farzand.
-
Akrom mirob dunyoga kelib zurriyotsiz oʻtayotganidan hoʻl oʻtindek tutab qoʻyardi. E. Usmonov, Yolqin
-
— U dil-u jigarimning bir parchasi, orzularimning gʻunchasi, tabiatning nozik yerlaridan soʻrab olgan zurriyotim, — dedi Qamchi. H. Gʻulom, Mashʼal
ZURRIYOT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЗУРРИЁТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
zurriyot so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar