zumrad
bilan ulashing
1. Oliy sifatli, och yashil tusli qimmatbaho tosh.
-
Koʻrdingmi? Bu nima? Mana bu — dur, mana bu — marvarid. Mana bu yongan — gavhar. Qolganlari — har xil toshlar, yoqut, zumrad [dedi Mirzakarimboy]. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Qozikalon sandiqlarni ochib koʻrsatdi: baʼzisida olmos, yoqut, aqiq, zumrad va marvarid, baʼzisida oltin va kumushdan yasalgan, qimmatbaho toshlar bilan ziynatlangan idish-oyoqlar, baʼzilarida zeb-ziynatlar toʻla edi. S. Ayniy, Doxunda
2. koʻchma sft. Och yashil, sabzarang.
-
Moldaviya dalalarining zumrad rangi bizning lalmikor bugʻdoyzorlarimizni eslatadi. N. Safarov, Olovli izlar
-
Voh, yuragim oʻynardi kumush jilgʻalarning zumrad labida. Sh. Rahmon, Yurak qirralari
-
Ariq boʻyida qalin yosh tol, oʻrtasida yogʻoch soʻri. Uning tagidan shovullab oqib turadigan zumrad suvdan doim bir xilda salqin shabada esadi. I. Rahim, Ixlos
3. Zumrad (xotin-qizlar ismi).
ZUMRAD so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЗУМРАД so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
zumrad so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar