zuvala
bilan ulashing
1. Bitta non yasash yoki bir marta ugra kesish uchun loyiq qilib yumaloqlangan xamir.
-
U onasi kelganga qadar supradagi unni qoqib-suqib, bir zuvala xamir qilib qoʻygan edi. Oydin, Gulsanam
-
Ziyodaxon, zuvala uzar ekan, hazilomuz javob berdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
[Oysha ona] Supra yozib, zuvala uzdi. S. Anorboyev, Yoʻlda yoʻldosh boʻlganlar
2. koʻchma Asos, negiz; tarkib.
-
1952 yilda zuvalasi Oʻzbekiston tuprogʻidan yasalgan birinchi piyola tortiq qilingan edi. Gazetadan
-
Bolalikda gap koʻp. Bir grajdanga Zuvala boʻladi axir har goʻdak. A. Muxtor, Sheʼrlar
-
Tovuqlar ogʻzidan yulib olingan jonsiz urugʻ mana bugun kelajakdagi katta rejalarga zuvala boʻlyapti. S. Mahkamov, Bir juft don
zuvala soʻzi qatnashgan jumlalar:
Zuvalasi bir joydan (yoki yerdan) olingan
Zuvalasi pishiq
-
Zuvalasi pishiq kichkinagina chol [Toʻgʻonbekni] shirin soʻz bilan qarshiladi. Oybek, Navoiy
-
U\Joʻra-xon\ oʻn sakkiz yoshli, zuvalasi pishiq, zehni oʻtkir yigit edi. Nazarmat, Joʻrlar baland sayraydi
ZUVALA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЗУВАЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan ZUVALA so‘ziga berilgan ma’nolar
zuvala so‘ziga yangi izoh qo‘shing
zuvala so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar