zveno
bilan ulashing
1. Jamoa va davlat xoʻjaliklarida, baʼzi korxonalarda kichik tashkiliy guruh.
-
Paxtachilik zvenosi. Pillachi-lik zvenosi.
-
Zveno boshligʻi Egamberdiyev frontga joʻnab ketdi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Abdurazzoq ota ketmon chopdi, arava mindi, zveno va brigadaga boshchilik qildi. N. Safarov, Olovli izlar
-
Zveno aʼzolarining hammasi ham oʻqiydi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. so‘zlashuv tili Shunday tashkiliy guruhning boshligʻi.
-
Kanizak zveno boʻlar emish. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
3. koʻchma Biror ish, hodisa, jarayon va shu kabilarning uzviy qismi.
-
Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti sogʻliqni saqlash tizimining muhim zvenosi boʻlib, metodik va muvofiqlashtiruvchi markaz hisoblanadi. Gazetadan
ZVENO so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЗВЕНО so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan ZVENO so‘ziga berilgan ma’nolar
zveno so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Keyingi 10 ta so‘z
zveno so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar