o‘jar
bilan ulashing
1. Toʻgʻri, maqbul maslahat, gap-soʻzga ham quloq solmay, yon bermay, oʻz fikrini maʼqullayveradigan; gap uqmaydigan, qaysar.
-
U qancha soʻzlamasin, bu kitobning dinga ziyonsiz ekanini oʻjar musulmonga tushuntira olmaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Baʼzi bir oʻjar, foydali ishdan boʻyin tovlovchi kishilar uning maslahati, yordami tufayli hayotda oʻz yoʻlini topib oldi. Gazetadan
-
— Ertaga vojatiydan soʻraymiz, — dedi Qudrat gap uqmas, oʻjar singlisini tinchitib. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
2. Yalinib-yolvorish, iltimos kabilarga koʻnavermaydigan, oʻz soʻzidan, fikridan qaytmaydigan; bir soʻzli.
-
Unga kamoli ehtirom bilan salom berdi. Dilidagi gaplarni astoydil tushuntirib toʻkdi. Oʻn beshinchi tushmagur bir soʻzli oʻjar odam ekan. Koʻnmadi. S. Ahmad, Saylanma
3. koʻchma Boshqaning izmiga yurmaydigan; boʻysunmas.
-
Oʻjar daryo. Oʻjar tabiat.
-
Gʻulomjonning miyasiga yana qon yugurdi, boyagi tanish oʻjar his yana butun vujudini qamradi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Suv oʻjar, uni tizginlash oson emasligini Poʻlatjon biladi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
4. koʻchma Qaytarib, oʻzgartirib boʻlmaydigan narsa haqida.
-
Haqiqat — oʻjar narsa. Kishilarning kimligi, qaysi vazifada ishlashini yuz-xotir qilmaydi. A. Nabixoʻjayev, Oʻjarning qismati
-
Firibgar har qancha ayyorlik qilmasin, oʻjar faktlar oldida qilmishiga iqror boʻldi. Gazetadan
O‘JAR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎЖАР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
o‘jar so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar