o‘kin
bilan ulashing
1. Pushaymon boʻlmoq, afsus qilmoq (asosan, oʻz ishi, qilmishidan).
-
Bahodir nojoʻya harakati bilan Oqilani xijolatga qoʻyganidan qattiq oʻkinar, lekin ish oʻtgan edi. M. Jaloliddinova, Keyinroq
-
U Umurzoq, ish bilan ovora boʻlib ketib, kechadan beri uyga kelolmaganidan oʻkindi, oʻz-oʻzini beparvolikda koyidi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
-
Darbadarlikdan, oʻzimning simobday beqaror sayoqligimdan juda oʻkinar edim. Gʻ. Gʻulom, Shum bola
2. Umuman, xafa boʻlmoq, kuyinmoq.
-
Adolat frontdan xat kelganiga xursand boʻldi. Xursand boʻldi-yu, Normatni, Olimjonni eslab oʻkindi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Uning hazillashib biron soʻz aytmaganiga qiz xursand boʻldi, lekin shu bilan barobar, kutilmagan beparvoligiga oʻkindi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
O‘KIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎКИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
o‘kin so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar