taʼrif
bilan ulashing
1. Narsa, voqea-hodisa va shu kabilarga soʻzlar vositasida berilgan bayon, tasvir; tavsif.
-
Ming taʼrifdan bir koʻrgan afzal.
-
Olchinbekning taʼrifiga Karaganda, Zubaydaxon tengi yoʻq momaqaymoq, ofatijon emish. K. Yashin, Hamza
-
Orif ota gullarning taʼrifini hikoya qilgudek boʻlsa, hamsuhbatining ogʻzini ochirib qoʻyadi. R. Fayziy, Hazrati inson
-
Toʻyingning taʼrifini eshitdim, shu yerda boʻlsam ham kelmas edim. A. Qahhor, Ogʻriq tishlar
2. Narsa, voqea-hodisa, tushuncha va shu kabilarning qisqa va aniq ifodasi.
-
Terminning taʼrifi. Tushunchaning taʼrifi. Qoʻshma soʻzning taʼrifi.
taʼrif soʻzi qatnashgan jumlalar:
Taʼrif qilmoq
-
u zot nihoyatda pokiza odam ekanliklarini taʼrif qildi. Mirmuhsin, Meʼmor
Taʼrifga sigʻmaydi
-
U taʼrifi ketgan goʻzal qiz boʻlgani uchun Sulton Muhammadxonday podshohning xotiniga aylangan edi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
TAʼRIF so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАЪРИФ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
taʼrif so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar