tariqa
bilan ulashing
1. Baʼzi soʻzlar bilan egalik shaklida, shuningdek, shu, bu, qay kabi olmoshlar bilan qoʻllanib, yoʻl, yoʻsin maʼnosini bildiradi.
-
Yoshlikda ikkovimizning kun koʻrish tariqamiz, ongimiz bir edi. A. Qahhor, Sarob
-
Uning [Otabekning] soʻziga qaraganda, siz uni ogʻirroq tariqa bilan darbozangiz yonidan joʻnatgan ekansiz. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Eson shunday xayollar bilan uyga qay tariqa yetib kelganini ham sezmadi. H. Ahmar, Kim haq?
2. (3-shaxs egalik va oʻrin-payt kelishigi shaklida — tariqasida) koʻm. vzf. Bosh kelishikdagi soʻz bilan qoʻllanib, oʻxshatish, qiyos kabi maʼno bildiradi; yoʻsinida, tarzida.
-
Nasihat tariqasida. Sovgʻa tariqasida. Misol tariqasida. Hazil tariqasida.
-
Qoʻltiqtayoqqa dardisar boʻlding! degan hazil-mutoyiba tariqasida aytilgan soʻz, toʻgʻrisi, izzat-nafsimga tegdi. N. Safarov, Olovli izlar
-
Baʼzan u betimning qalini —
-
jonimning huzuri tariqasida ish qilardi Mirmuhsin, Meʼmor
TARIQA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАРИҚА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tariqa so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar