meva
bilan ulashing
1. Baʼzi daraxt va butalarning hosili.
-
Yeyishli meva. Yeb boʻlmaydigan meva. Hoʻl meva. Quruq meva. Meva sharbati.
-
Marjon kabi qizargan mevalarini koʻtara olmay, turli tomonga bosh ekkan jiyda daraxtlari uzoqdan kumush kabi oqarib koʻrindilar. A. Qodiriy, Obid ketmon
-
Oʻlkamizda kuz, mevalar gʻarq pishgan palla. Gazetadan
2. Mevali daraxt.
-
Said, Mirzaqumar yosh meva koʻchatlarini qoʻporar, Haydar ularni toʻplab, bogʻ-bogʻ qilardi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Uncha katta boʻlmagan, chogʻroq hovlining oʻzida oʻn xilcha meva navlari bor. J. Abdullaxonov, Oriyat.
-
Kechaning qorongʻuligi ustiga mevalarning quyuq yaproqlari qoʻshilib, bu maydon, ayniqsa, Otabekning hozirgi koʻngliga yaqinlashib kelar edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
3. koʻchma Samara, natija, mahsul.
-
Ilohi boʻlgaysan, bolam, barkamol. Umrimning mevasi — bir toza nihol. Ravshan
-
El taomilida: keksalar hamisha maslahat berishar, yoshlar ja oʻsha maslahat mevalarini terishar edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
4. Shakarpazlik mahsulotlari, shirinlik
-
[Hakimboyvachcha] Rang-barang qimmatbaho mevalar, qaymoqqa qorilgan nonlar bilan toʻla dasturxon yozib, achchiq choyni quya boshladi. Oybek, Tanlangan asarlar
MEVA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МЕВА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
meva so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar