tarix
bilan ulashing
1. Ijtimoiy taraqqiyot jarayonida yuzaga kelgan voqelik, hayot.
-
Tarix dialektikasi. Tarix qonunlari.
-
Bashariyat tarixi zulm, haqsizlik, talonchilik davrini poymol etib, erk va adolatning nurli asriga gʻolibona yurayotir. Oybek, Nur qidirib
2. Oʻtmishga oid fakt va hodisalar majmui; oʻtmish, kechmish.
-
Tarixingdir ming asrlar ichra pinhon, oʻzbegim E. Vohidov, Muhabbat
-
Faqat uch tup qayragʻochgina koʻhna tarix nishonasi boʻlib turibdi. I. Rahim, Ixlos
-
Tarixdan shu narsa maʼlumki, insoniyatga qilingan yovuzlik va jinoyat hech qachon jazosiz qolmagan. Gazetadan
3. Biror narsa, voqea-hodisa yoki shaxsning oʻtmish hayoti.
-
Qishloqning tarixi. Savdo munosabatlari tarixi. Korxona tarixi.
-
Ota-bobolaridan eshitgan shahar tarixi, chekkan jabr-u jafolari koʻz oldidan oʻtardi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Sizga Madamin toʻgʻrisida maʼlumot kerakmi? Madaminning tarixini Yusvali togʻam yaxshiroq biladi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Nimasini aytasiz, bu odamning tarixi ham olam-jahon. S. Karomatov, Oltin qum
4. Jamiyat va davlatlar oʻtmishi taraqqiyotini oʻrganuvchi fan.
-
Yangi tarix. Oʻrta asrlar tarixi. Oʻzbekiston tarixi. Jahon tarixi.
5. Tabiat va jamiyatning, undagi maʼlum sohalarning rivojlanishi, oʻzgarishi bilan bogʻliq tomonlarni oʻrganuvchi fan.
-
Musiqa tarixidan dars bermoq. Tilshunoslik tarixi.
6. Biror narsa, voqea-hodisaning yuz berishi bilan bogʻliq maʼlumotlar majmui.
-
Men achchiq oilaviy fojianing tarixini bilib oldim. Yoshlik
-
Er-xotin ayta bersa, bu janjalning tarixi biron yozuvchining qoʻliga tushsa, kattakon bir kitob boʻladigan. A. Qahhor, Asarlar
7. Biror ishning bajarilganligini, biror voqea-hodisa qachon boʻlib oʻtganligini, mashhur kishilarning tavalludi va vafotini koʻrsatuvchi aniq kalendar vaqt, sana (mumtoz adabiyotdagi sanʼat turi sifatida taʼrix deb ham yuritiladi).
-
Qoʻlyozmaning tarixini aniqlamoq.
-
Oʻng tomondagi toshga arab alifbesining qadimgi imlosida yirik qilib “Maʼrifatxon jannat makon, deb yozilgan va hijriy bilan 1335, deb tarix qoʻyilgan edi. A. Qahhor, Xotinlar
tarix soʻzi qatnashgan jumlalar:
Kasallik tarixi
-
Professor kasallik tarixiga nima deb diagnoz yozishni bilolmay shartli ravishda Negativ deb atadi. Yoshlik
TARIX so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАРИХ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tarix so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar