tarixiy
bilan ulashing
1. Tarixda qoladigan, tarixga kiradigan; muhim.
-
Tarixiy voqea. Tarixiy kun.
-
Bu tarixiy daqiqani [Berlin ustidan gʻalabani) zafarli yurishi bilan kelayotgan jangchilarimiz sabrsizlik bilan kutayotgan edilar. T. Rustamov, Mangu jasorat
2. Biror voqea-hodisaning butun tarixiga oid, butun tarixiy jarayoni bilan bogʻliq.
-
Oʻzbek tili oʻz tarixiy taraqqiyoti davomida turli oʻzgarishlarga uchragan.
3. Tarix faniga oid, biror sohaning tarixini oʻrganadigan.
-
Tarixiy grammatika. Tarixiy geografiya. Tarixiy ocherk.
4. Oʻtmishga, tarixga oid, qadimgi, koʻhna.
-
Tarixiy asar. Tarixiy yodgorlik.
-
— Albatta, Aflotun ham, Arastu ham zamonasining koʻp dono, koʻp aqlli olimlari boʻlgani shubhasiz. Ularning ishlari tarixiy kitoblardan maʼlum, — dedi Elmurod. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Salor hozirgi paytda tarixiy ariqni emas, balki chiqindilar uyilib yotgan uzun xandaqni eslatadi. Gazetadan
-
Demak, bunday hollarda maxsus soʻzlik va tarixiy lugʻatlarga murojaat qilishga toʻgʻri keladi. E. Begmatov, Kishi ismlari imlosi
TARIXIY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАРИХИЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tarixiy so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar