tarjima
bilan ulashing
1. Bir tildagi matnni boshqa tilda qayta yaratishdan iborat adabiy ijod turi.
-
Erkin tarjima. Soʻzma-soʻz tarjima. Badiiy tarjima. Tarjima nazariyasi.
-
Nihoyat, asar tarjimasi borasidagi ishimiz oxirladi. Gazetadan
-
Lermontov sheʼrlarining birinchi tarjimasi 1920 yillarning oxiriga toʻgʻri keladi. Saodat
2. Bir tildan boshqa tilga agʻdarilgan matn.
-
Tarjima tayyor boʻlgach, muallif u bilan tanisha boshladi. Gazetadan
-
Tarjimadagi soʻzlar, iboralar, jumlalar bir-biriga taʼsir koʻrsatib, jozibali maʼno kasb etadi. X. Yodgorov, Hayot toʻlqinlari
tarjima soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tarjima qilmoq
-
Keyinchalik Bagʻdodga borib, qadimgi yunon olimlarining falakiyotga oid asarlarini tarjima qildilar va ilmiy sharhladilar. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Bolalardan ruschani sal-pal tushunadiganlari boshqalariga tarjima qilib berishdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
Tarjimai hol
-
Shoirning tarjimai holi. Tarjimai hol yozmoq.
-
Abdukarim aka Botirali qarshisida maʼyus oʻtirib, kutilmaganda oʻz tarjimai holini soʻzlab ketdi. H. Gʻulom, Mashʼal
TARJIMA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАРЖИМА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tarjima so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar