o‘kir
bilan ulashing
1. Kuchli ovoz chiqarmoq (yigʻi ovozi haqida); hoʻngramoq.
-
Kutilmaganda Rixsi xolaning koʻngli yumshadi-yu, oʻkirib yigʻlab yubordi. P. Qodirov, Qora koʻzlar
2. Baqirmoq, boʻkirmoq (inson va baʼzi yirik hayvonlar tovushi haqida).
-
Hokim xalqqa ming alpozda oʻkirib, hammani haqorat qilib uyiga qaytdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Ogʻir yukli tuyalar boʻyinlarini osmonga koʻtarib oʻkirardi. Sh. Toshmatov, Erk qushi
-
Jadal kelayotgan katta ayiq juda xunuk oʻkirardi. Gazetadan
3. koʻchma Qattiq ovoz chiqarmoq (jonsiz narsalar haqida).
-
Tashqarida shamol hamon oʻkirar. M. Jabborov, Sevinch yoshlari
-
Oʻkirib toʻxtadi soʻnggi zambarak, Jahannam xudosi qah-qahdan tindi. Gʻ, Gʻulom
O‘KIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎКИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
o‘kir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar