ata
bilan ulashing
1. Nom bermoq, ot qoʻymoq, nomlamoq.
-
Shundan beri odamlar koʻprikni Xotinkoʻprik deb atashadi. T. Ashurov, Oq ot
-
Yusufbek hoji [Kumushni] farishta deb atamoqqa ham hozir edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Deb tilga olmoq, yuritmoq; aytmoq.
-
Bolalar uni [Tolibjonni] orqavarotdan Otquloq desalar, oldida Ergash togʻa deb atashardi. S. Ahmad
-
Axir, nima qilayotganini bilmagan odamlarni kim deb atash kerak boʻlmasa? M. Mansurov. Yombi
3. Tilga olmoq, aytmoq (kishi ismini).
-
Xayriyatki, ismini atamadi, deb oʻyladi Yaxshiboyev, demak, hali umid borday. M.M. Doʻst, Lolazor
4. Biror kishi, tarixiy voqea va shu kabilar uchun bagʻishlamoq, shunga moʻljallamoq.
-
Ulugʻ bobokalonimiz xotirasiga atab amalga oshirilgan meʼmoriy ishlar bu bilan tugab qolmaydi, albatta. Gazetadan
-
Oʻzbek oyimning qutidor, Oftob oyim va Oysha kampirga atab tiktirgan sarupolari ham bitdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
5. din. ayn. Bagʻishlamoq.
-
Toleim qursin, deb yondim, kuydim. Folbinlarga bordim, aziz avliyolarga nazr atadim. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Xudoyi ataganimizga bir yildan oshib qoldi. N. Aminov, Qahqaha
6. yord. fl. vzf.
-
Habibiy
ATA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АТА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ata so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar