isteʼfo
bilan ulashing
1. Harbiy xizmatchilarni yoshi oʻtganligi, kasalligi va boshqalar sabablar tufayli harbiy xizmatdan boʻshatish.
2. huquq Hukumatning, uning boshligʻi yoki alohida vazirlarning hukumatga ishonchsizlik bildirilishi, hukumatdagi ichki ixtiloflar tufayli oʻz mansabi yoki xizmatidan ketishi, voz kechishi; oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilishi.
-
Suxartoning eng yaqin safdoshlaridan biri Xarmoko ham prezident isteʼfosini talab qila boshladi. Gazetadan
-
— Isteʼfolarini qabul etmayman, borib vazifangizni bajaravering, — dedi [amir]. M. Osim, Ibn Sino qissasi
isteʼfo soʻzi qatnashgan jumlalar:
Isteʼfo bermoq
-
Oʻttiz ikki yillik hukmronlikdan soʻng Indoneziya Prezidenti Suxarto isteʼfo berdi. Gazetadan
Isteʼfoga chiqmoq
-
Xalq yashirin ovoz bilan, demokratik asosda saylagan rahbarlarning isteʼfoga chiqishini talab qilish ham adolat talablariga ziddir. E. Yusupov, Istiqlol yoʻlida
-
Ishbilarmonlardan baʼzilari boʻlsa, yo joylarini topolmay yurishibdi, yo elburundan isteʼfoga chiqib olishibdi. H. Nazir, Oʻtlar tutashganda
Isteʼfodagi
-
Shartnomaviy munosabatlarni toʻgʻri yoʻlga qoʻyish uchun isteʼfodagi tajribali yuristlarni ham jalb etdik. Gazetadan
ISTEʼFO so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИСТЕЪФО so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
isteʼfo so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar