isteʼmol
bilan ulashing
1. Iqtisodiy-maishiy ehtiyojlar uchun ishlatish; qoʻl-lash, foydalanish.
-
Keng isteʼmol mollari. Isteʼmoldagi soʻzlar.
-
Tilimizdagi baʼzi bir soʻzlar davrlar oʻtishi bilan eskirib, isteʼmoldan chiqib ketadi. Oʻzbek tili darsligi
-
Ehtimol, gʻijjak va gʻijjaksimon sozlarning dunyodagi barcha xalqlar musiqiy isteʼmolida keng tarqalganligi Gazetadan
2. Yeyish-ichish; qabul qilish.
-
Goʻsht isteʼmol qilmoq. Dori isteʼmol qilmoq.
-
Aʼzolarning oʻz isteʼmollari uchun ekilgan mayda ekinlari ham chakki emas. A. Qodiriy, Obid ketmon
isteʼmol soʻzi qatnashgan jumlalar:
Isteʼmol qilmoq (yoki etmoq)
-
Yogʻchiroq koʻp yillardan beri isteʼmol qilinmay qolgan boʻlsa-da, lekin oʻz vaqtida favqulodda rol oʻynagan. T. Qoriniyoziy, Hayot maktabi;
-
Sut, qatiqdan koʻproq isteʼmol etyapsizmi? Mirmuhsin, Meʼmor
-
Karam — xalqimiz sevib isteʼmol qiladigan xushxoʻr sabzavotlardan biri. Gazetadan
ISTEʼMOL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИСТЕЪМОЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
isteʼmol so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar