istihola
bilan ulashing
Andisha, mulohaza hissi; tortinish.
-
Sharofat xola oʻyining oxiriga yetmas lekin istihola bilan indamas edi. Yo. Shukurov, Orzular
-
Kelin-ku yangi tushgan oilada istihola bilan keskin harakat etolmagandir. Ammo yigit-chi? Mushtum
istihola soʻzi qatnashgan jumlalar:
Istihola qilmoq (yoki tortmoq)
-
Musa zarda bilan burilib, Boʻtaga yevorgudek boʻlib tikildi, aytadigan gapi uyatliroq ekan shekilli, ayollardan istihola qilib aytolmadi. S. Ahmad, Hukm
-
Juda istihola tortib, peshonamdan ter chiqib ketdi. Gʻ. Gʻulom, Tirilgan murda
-
Biroq shunday filmlar ham borki, gohida ularni kino deyishga istihola qilamiz. Gazetadan
Istiholaga bormoq
-
Chuvak yuzli yigit sira istiholaga bormay, yana gapira ketdi. Gazetadan
ISTIHOLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИСТИҲОЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
istihola so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar