tanla
bilan ulashing
1. Biror belgi-xususiyati, xislati va shu kabilarga koʻra ajratmoq, belgilamoq.
-
Qovun tanlamoq. Koʻyning semizini tanlamoq.
-
Polvon uchinchi dafʼa keltirilgan toshlar ichidan bir toshni tanlab oldi-da, yaxshilab artishga va bir tomonini yoʻnishga buyurdi. A. Qahhor, Koʻr koʻzning ochilishi
-
Unga qiz tanlash, qishloqning eng birinchi qizini topib berish onaning ishi emasmi? I. Rahim, Ixlos
-
yosh tolga chiqib olgan yigit boltacha bilan silliq shoxlarni tanlab kesardi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. Maʼqulini belgilamoq, maʼqul topmoq, Oʻzi uchun maʼqul deb bilmoq.
-
Kasb tanlamoq. Eshakning tanlagani — shoʻra. Tan-lagan yoʻlidan qaytmaslik.
-
Bogʻning eng tubida, serdaraxt va pastqamlikda kafe bor. Ahmad shu kafeni tanladi. F. Musajonov, Himmat
3. Umuman, belgilab, ajratib olmoq.
-
— Qayoqqa boʻlardi, uyga-da, — qoʻrslik bilan javob berdi chol. — Har kim oʻz molini tanlab olsin, degan buyruq chiqibdi-ku! S. Ahmad, Hukm
tanla soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tanlab (yoki tanlab-tanlab)
TANLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАНЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tanla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar