tannoz
bilan ulashing
1. Oʻziga oro berib, noz bilan yuruv-chi; nozli harakatlar qiluvchi.
-
Bir tannoz qiz dabdaba bilan idoraga kelib dedi: — Meni sekretarlikka qabul qilsangiz. Mushtum
-
Sertamanno, kekkaygan tannozlar yoxud nima desang, xoʻp deb koʻnaveradigan choʻrisifat laqmalar darrov meʼdaga uradi. F. Musajonov, Himmat
2. Biror foydali ish-yumush bilan shugʻullanmay, oʻziga oro berishdan, oʻyin-kulgidan boshqani bilmaydigan, olifta.
-
Beish tannozlardan orttirib ulfat, Oʻyin-kulgilarga berding koʻngilni. E. Oxunova, Shu ham baxtmi?
-
Tavba deng, bolam, boʻydoqsiz, shunday tannozlardan biriga uchrab Guldasta
-
Sovuq suvga qoʻl urmas tannozini Yetaklab, qayoqqadir boshlab ketdi. Mushtum
TANNOZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАННОЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tannoz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar