tanqid
bilan ulashing
1. Ish-harakat, faoliyat, asar, taʼlimot va shu kabilarning yutuqlarini qayd etish, kamchilik va nuqsonlarini belgilash va bartaraf etish maqsadidagi muhokama, tahlil.
-
Tahlil aylab ters-u oʻngingdan, Ikkimizni qiladi behol. Xoʻp doʻpposlab, tanqid soʻngida Ijodimga tilaydi kamol. E. Vohidov, Muhabbatnoma
2. Biror narsaning toʻgʻri, haqqoniy ekanini ilmiy tahlil etish, tadqiq etish.
-
Tarixiy manbalarning tanqidi. Matn tanqidi.
3. Adabiy faoliyatning badiiy, ilmiy va boshqalar turdagi asarlarni, shuningdek, ularda aks ettirilgan hayotiy hodisalarni talqin va tahlil qiluvchi maxsus turi.
-
Shaxsan men adabiy tanqid faqat adabiyot uchun emas, umuman, maʼnaviy hayot uchun zarur ekanini yana ham chuqurroq his etdim. U. Normatov, Talant tarbiyasi
-
Adabiy-badiiy tanqid bilan adabiyotshunoslik fanining bir-biriga yaqin tomonlaridan tashqari anchagina farqlari va oʻzgachaliklari ham bor. UTA
4. Kamchilik, nuqson, xatolik va shu kabilarni qayd etish, qoralash, shuningdek, ularni hal etish maqsadida bildiriladigan tanbehli fikr-mulohaza, gap-soʻz.
-
Faqat bir narsani — shu tanqidga qarshi zoʻr bir dalil topib, yengib chiqishni oʻylashar edi. P. Qodirov, Uch ildiz
-
Tanqid boʻgʻilgan joyda hech qanday taraqqiyot boʻlishi mumkin emas. F. Musajonov, Himmat
-
Tanqidning foydasi katta, ishimizni oʻngʻarib olamiz, men buni albatta qilaman. Mushtum
tanqid soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tanqid qilmoq
-
U gʻoʻzalarini oʻt bosgan zveno boshliqlarining, suv bostirib yuborgan suvchilarning nomlarini yodaki aytib, tanqid qilardi. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
-
Boʻtaboyning ishlaridagi kamchiliklarni tanqid qilganimda, maktab masalasini ham qistirib oʻtsam boʻlar edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
TANQID so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАНҚИД so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tanqid so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar