tanob
bilan ulashing
1. eskirgan Yer oʻlchash, uzunlik oʻlchash, chiziq tortish va shu kabilarda ishlatiladigan uzun chilvir, reja ip.
2. kam qoʻll. Umuman, ingichka arqon, chilvir yoki kanop ip, rishta.
-
Shohning amri bilan ming polvon va kal ikki kecha-kunduz yoʻl tortib, Goʻsha togʻiga yetib, chortigʻlar [chodirlar] tanobini tortib yotaverdi. Zulfizar bilan Avazxon
-
Bekam-koʻst turmush kechirib, er-xotin totuv yashayotgan kezlarda toʻsatdan bu inoq oila charxining tanobi uzildi. I. Rahim, Yosh xotin
-
Band etib zulfing aro koʻnglimni ozod etganing, Qush uchirgandek erur bogʻlab ayogʻiga tanob. Nodira
3. esk. tar. Oʻrta Osiyo xonliklarida: tomonlari 60 gazdan iborat boʻlgan maydonga teng yuza (yer) oʻlchov birligi.
-
Tong otguncha bir tanobcha yerning gʻoʻzasi suv ichdi. I. Raxim, Chin muhabbat
-
Bogʻning sathini Salim uch yarim tanob, Fazliddin uch tanob moʻljalladi. Oybek, Tanlangan asarlar
4. esk. tar. Oʻrta Osiyo, xususan Oʻzbekistonda qoʻllangan uzunlik oʻlchov birligi (17-asrda 39,9 metrga teng boʻlgan).
tanob soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tanob tortmoq (yoki urmoq)
-
Matchon toʻra kuzda hosilni yigʻishtirib olgach, qumgacha choʻzilgan boʻz yerlarga tanob urdirib, oʻziga qoʻshib oldi. J. Sharipov, Xorazm
Ogʻzining (yoki labining) tanobi qochmoq
-
Murodovani koʻrganda ogʻzining tanobi qochadigan Zunnunov bugun haqiqatan ham xomush koʻrindi. I. Rahim, Ixlos
-
— Bor, yana bir miridan tashladim, — deb yubordi. Inglizning labining tanobi qochib, iljaydi. K. Yashin, Hamza
Tanobini tortmoq
-
Mingan oti jonivor Yoʻlning tanobin tortdi. Nurali
-
Umridan baraka topsin. Choʻlning tanobini tortyapti. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
-
Ovqatning tanobini tortib qoʻyishdi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
xoʻjaliklarning badaniga zulukday yopishib olgan mana shunaqa odamlarning tanobini tortish kerak. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Amakisiga yon bosgan oʻgʻlidan ham ranjidi. Tanobini tortib qoʻymoq niyatida uyga kelsa, Javhar yoʻq. J. Abdullaxonov, Xonadon
TANOB so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАНОБ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tanob so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar