so‘ra
bilan ulashing
1. Maʼlumot olish, bilish uchun savol bilan murojaat qilmoq; savol, soʻroq bermoq.
-
Manzilni soʻramoq. Voqeaning tafsilotini soʻramoq. Soʻraganning aybi yoʻq. Maqol
-
Koʻp yurgandan soʻrama, koʻp koʻrgandan soʻra. Maqol
-
Kuyganyor koʻprigi oldiga kelganda, shofyor tormoz berib, qoʻy yetaklagan kishidan yettinchi uchastka qay tarafdaligini soʻradi. S. Ahmad, Ufq
-
Azizxonning oʻsha taraflarga borgisi keldi. Shoshib soʻradi: — Armiyaga odam olishadimi? S. Ahmad, Ufq
2. Kimsani chaqirmoq yoki chaqirilishini iltimos qilmoq.
-
— Allo, kimni soʻrayapsiz? — Ahmedovni soʻrayapman.
3. Bilimini tekshirmoq, imtihon qilmoq.
-
Jning kattasini koʻrsatib bermadingiz, ertaga domla soʻraydigan edilar. Qanaqa yoziladi? A. Qahhor, Sanʼatkor
-
Qoʻying, xola, alaxsitmang, darslarini qilsinlar Bitta-yarimta odam darsdan soʻrab qolsa Hech kim soʻramasa ham, Oʻrmonjon akam soʻraydilar. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
4. Fikrlashib, maslahatini yoki ruxsatini olmoq.
-
[Qutidor] Xotini va qizidan soʻrab oʻtirmay, bir kun doʻkonidan erkak sovchilar bilan bitishib ham keldi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Yanagi yilga yer ekuv-siz qolsa, kolxoz hech kimdan soʻrab ham oʻtirmasdan, qoʻsh solib yuboradi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
5. Biror iltimos yoki talab bilan murojaat etmoq; iltimos yoki talab qilmoq.
-
Izn soʻramoq. Uzr soʻramoq. Qarz soʻramoq. Nomarddan yordam soʻrama, yuzingga soladi. Maqol
-
Boy qoʻshningdan soʻraguncha, Yoʻq uyingni axtar. Maqol
-
Azizxon joy izlab alanglab turarkan, yuqorida oʻtirgan Belyavskiy uni imlab, yuqoriga chiqishini soʻradi. S. Ahmad, Ufq
-
[Muhsina] Savol soʻralgan-da ham, javob bermaydi, eriga moʻltirab qaraydi — izn soʻraydi. M. M. Doʻst, Lolazor
-
Bashirjon oʻzining mushkul ahvoli toʻgʻrisi-da maslahat soʻramoqchi edi, boʻlmadi. Koʻrdiki, akaxonning ahvoli unikidan ham ogʻir. N. Aminov, Qahqaha
6. Ruxsat, ijozat yoki rozilik olmoq.
-
Eshik ochiq boʻlsa ham, soʻrab kir. Maqol
-
Mehmon soʻrab yemas. Maqol
-
Muqbil podshodan Hotamni boshlab kelishga ijozat soʻrabdi. Chalpak yoqqan kun
7. Kimsani xotinlikka, kelinlikka berilishini iltimos qilmoq.
-
Qiz(ini) soʻramoq. Qizni soʻraganga ber, Qimizni — suvsaganga. Maqol
-
Mamat qassobning qizini qoʻshni qishloqdan bir necha odam soʻragan edi. Yoshlik
8. Birovni axtarmoq yoki izlamoq.
-
Bugun Azizxonni soʻramagan, surishtirmagan odam yoʻq, desa boʻladi. S. Ahmad, Ufq
-
Koʻp shaharga bordim soʻrab, Topolmadim norim istab. Nurali
-
Hozir Eshon qishloqda ham u kishini ikki otliq soʻradi. S. Ahmad, Ufq
9. Salom va yaxshi istaklarni birovga yetkazmoq.
-
Qarindoshlarni soʻrab qoʻying.
10. Savdoda, oldi-sotdida oʻz moli uchun biror narxni aytmoq.
-
Qimmat soʻramoq.
-
— Toychangizga necha pul soʻraysiz? — Egasi yuz soʻm soʻradi. Men yetmish soʻm dedim. A. Qahhor, Qanotsiz chittak
-
— Ketamiz, — dedi [Otabek] bir oz oʻylangandan keyin, — mol baholari toʻgʻrisida bitisholmay turamiz — olgʻuvchilar arzon soʻraydilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
11. folk. Idora etmoq; hokimlik, hukmronlik qilmoq.
-
Yurtni soʻramoq.
-
Bu boshimga xos sallani oʻrayman, Omon boʻlsam, mamlakatni soʻrayman. Erali va Sherali
-
Chambilbelni soʻrab yotgan zoʻr sulton, Oʻgʻil yoki qiz koʻrmadi Yunusdan. Malikayi ayyor
so‘ra soʻzi qatnashgan jumlalar:
Koʻngil soʻramoq
-
Hammadan onang rozi, Koʻngil soʻrab turadi. Qoʻshiqlar
Gunohini soʻramoq
-
[Mirzaqul:] Boy ota, Suyarning gunohini men sizdan soʻradim. Keching. N. Safarov, Uygʻonish
SO‘RA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СЎРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
so‘ra so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing