hush
bilan ulashing
Kishining biror narsa-hodisani sezish, idrok etish, anglash qobiliyati, shunday sezgi, idrokka ega holat.
-
Kumush seskanib oʻziga keldi. Xushdan ajralayozgan bechoralar [qutidor, Oftob oyim] bu holdan bir oz jonlangandek boʻldilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Uning gapi Sidiqjonning qulogʻiga kirmas edi. Sidiqjon to hushini oʻnglaguncha, Boltaboy bostirmaga kirib keldi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
hush soʻzi qatnashgan jumlalar:
Hushi (boshidan) uchmoq
-
Daraksiz degan soʻzni eshitdi-yu, onaning hushi boshidan uchdi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Oʻlimni birinchi marta koʻrganim uchunmi, hushim uchib, qotib qoldim. O. Yoqubov, Izlayman
-
Birdan bosdi orqadan Toʻpolon, miltiq tovushi. Shu choq yoʻlovchilarning Uchdi boshidan hushi. Gʻayratiy
-
Dovullayotgan yuzini kafti bilan silagancha yurib ketdi, hushi uchgancha, avtobusga oʻtirdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Hushi ketmoq
-
Bolada, murti sabza urib qolgan boʻlsa hamki, bolaligini qoʻymaydi: behiga hushi ketdi, deb oʻyladi qora-bayirdagi keksa kishi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
Hushiga kelmoq
-
Hamma uning boʻzargan yuziga tikilib, hushiga kelishini sabrsizlik bilan kutmoqda edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Ota hushiga kelib, koʻzini ochdi. M. Mahmudov, Mangu kuy izlab
Hushidan ketmoq
-
Topdi, jigarbandini topdi, Xosiyat xola muzdek marmar toshni quchoqlab, hushidan ketdi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
-
Yaralangan Abdullayev qimir etmay hushidan ketdi. T. Rustamov, Mangu jasorat
Hushini yigʻmoq
-
Iskanderov bir seskanib, yana hushini yigʻib oldi. S. Ahmad, Bosh ogʻrigʻi
-
Hovli oʻrtasida qaqqayib turgan Meʼmor nihoyat hushini yigʻib oldi. Mirmuhsin, Meʼmor
Hushini olmoq
-
Baxt Gʻulomjonning hushini olib qoʻydi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Qorongʻi kechada vavagʻ va bitbildiqlari bilan kishi hushini olguvchi bedanalar M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
HUSH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲУШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hush so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar