huzur
bilan ulashing
Yuqori darajadagi qanoat, qoniqish hissi, kishi vujudi, aʼzolarining yayrash holati; rohat.
-
Oʻz mehnatining huzurini koʻrmoq.
-
Kanal suvi qirgʻoqqa bir maromda yel purkab, saratonda odamga huzur bagʻishlaydi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Paxtachilikning azobi ham, huzuri ham bor. Gazetadan
-
Latofat gullar ichida yurgandek, huzur bilan nafas oldi. S. Zunnunova, Yangi direktor
huzur soʻzi qatnashgan jumlalar:
Huzur qilmoq
-
Huzur qilib nafas olmoq. Sovuq suvda huzur qilib yuvinmoq.
-
Bahor havosidan koʻngillar huzur qiladi. Oybek, Ulugʻ yoʻl
-
Umid yugurib chiqib, qoʻlini sovunlab yuvib keldi, ovqatni huzur qilib ichdi. Mirmuhsin, Umid
-
Mirvaliyev oʻz gapidan oʻzi huzur qilib kuldi. Mushtum
koʻm. vzf. (joʻnalish, oʻrin-payt va chiqish kelishiklarida — huzuriga, huzurida, huzuridan) Makon munosabatlarini bildiradi.
-
Azimjon ishdan qaytayotib, bugun yana onasining huzuriga kirdi. Saodat
-
Toshpoʻlatov rais bilan maktab huzurida kurs ochish uchun maxsus joy ajratish rejalari haqida uzoq suhbatlashdi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
-
Tashabbuskor quruvchilar huzuridan qaytar ekanmiz, ular amalga oshirayotgan ishlar va belgilayotgan rejalar haqida oʻyladik. Gazetadan
HUZUR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲУЗУР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
huzur so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar