huvulla
bilan ulashing
1. Mayin ovoz chiqarib esmoq (sovuq shamol, izgʻirin haqida).
-
Shamol, oʻchakishgandek, huvullagancha daqiqa sayin kuchayar hali-veri tinadiganga oʻxshamasdi. S. Karomatov, Oltin qum
-
Keyin huvullab, boyagidan kuchliroq shamol esib oʻtdi. M. Mansurov, Yombi
2. Kimsasiz, boʻm-boʻsh holatda boʻlmoq.
-
U [Samandarov] ketgandan keyin, xuddi butun hovlini toʻldirib, xandon-xushon suhbat qilib oʻtirgan bir talay mehmon birdan chiqib ketganday, hovli huvullab qoldi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Koʻchalar allanechuk huvullagan. Bosilmagan qor otlarning tizzasiga chiqadi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Mahkam aka eshikdan kiriboq ikki katta oʻgʻlining oʻrni huvullab turganini payqadi. R. Fayziy, Hazrati inson
-
Hozir huvullab turgan choʻl uni yutaman deyayotganga oʻxshardi. S. Ahmad, Ufq.
HUVULLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲУВУЛЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
huvulla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar