halovat
bilan ulashing
1. Tinch, ozorsiz, betashvish holatda uygʻonadigan, yuzaga keladigan his-tuygʻu; orom, rohat.
-
Gʻazal yozishdan maqsad jonga rohat va dilga halovat keltirishdir. M. Shayxzoda, Gʻazal mulkining sultoni
-
Kim ham aytgandi, oʻrtada farzand boʻlmasa, turmushda halovat ham boʻlmaydi, deb. D. Nuriy, Osmon ustuni
-
Zirapcha kirsa ham, tish ogʻrisa ham, halovat yoʻqoladi. Fan va turmush
2. Tinch, osoyishta holat.
-
Shu sokin kechaning halovatini buzib, birovlarning uyi-da — qoʻrgʻonida oʻrmalashib yurgan bu yigit kim ekan-a? Gʻ. Gʻulom, Soyalar
-
Jabbor polvon polga joy solib yotdi. U tinchib, koʻz yumdi-yu, Juman uxlay olmadi. Negadir halovati qochgan edi. A. Muxtor, Tugʻilish
-
Faqat Yulduzxonni koʻrdim-u, halovatimni yoʻqotdim, yuragimga xuddi choʻgʻ tushganday. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
3. Biror narsaning boshqasiga nisbatan “hech gap emas“, “chidasa boʻladigan“, bunisi holva ekani maʼnosini bildiradi.
-
Bunisi halovat
-
Qor ham halovat ekan, ertasidan boshlab qattiq qorasovuq boshlandi Mirmuhsin, Meʼmor
HALOVAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАЛОВАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
halovat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar