halqa
bilan ulashing
1. Metalldan egib, ikki uchini bir-biriga qoʻshib yasaladigan doira shaklidagi buyum.
-
Temir halqa. Eshik halqasi.
-
Ayvon eshigida bir emas, ikkitadan yangi qoqilgan halqalarga koʻzi tushib, taajjublandi. D. Nuriy, Osmon ustuni
-
Darvoza ochilmadi, Ibodilla uning halqasini urib, taqirlata boshladi. H. Gʻulom, Mashʼal
2. eskirgan Doira shaklida yasalgan, bilak, barmoq yoki quloqqa taqiladigan bezak buyumi.
-
[ Kumush] Kichkina oltin halqani qutidan olib, qulogʻiga taqdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Avazning yodiga barmogʻiga halqa taqqan olakoʻz kimsaning suq nazar ila tikilib turgani keldi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Choyxonachi choʻchib, irgʻib turdi, bilagidagi oq halqani yechib uzatdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
3. Umuman, doira shaklidagi, doirasimon narsa.
-
pichoq shirillagan sayin yupqa piyoz halqalari oldidagi laganchaga tushib turardi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Kel, istasang, oy halqasini qulogʻingga taqay, dilbarim E. Vohidov.
-
Noib qamchi halqasini bilagiga uzatarkan, Avaz haligi yigitga qarab qoʻydi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
4. koʻchma Qurshov, qurshov doirasi.
-
Dushman halqani yorib chiqib ketishga jon-jahdi bilan urinardi. N. Safarov, Olovli izlar
-
Qoraqulov avtomatchilarning kichik guruhi bilan qurshov halqasidan oʻtib, batalonga bordi. T. Rustamov, Mangu jasorat
5. Zanjir va shunga oʻxshash narsalarning oʻzaro bogʻlangan, ularni tashkil etuvchi har bir qismi.
-
Zanjir halqasi. Kishan halqasi.
6. koʻchma Oʻzaro bogʻlangan, bogʻlanadigan narsalarning oʻzaro bogʻlanuvchi, bogʻlanish uchun xizmat qiluvchi har bir qismi.
-
Farzand — bu kelajak, farzand — oʻtgan ajdodlarni kelajak avlodlar bilan abadiy bogʻlaydigan oltin halqa. K. Yashin, Hamza
-
U tergovni oʻzi olib borgan boʻlsa ham, aybnomani boshqaning ogʻzidan eshitganda, jinoyatlar halqasi koʻziga yana ham mudhishroq koʻrindi. H. Gʻulom Mashʼal.
7. koʻchma Maʼlum kishilar toʻdasi; davra, jamoa.
-
— Qalandarlar halqasiga qabul qilingan soatdan boshlab, hushimni yoʻqotgan edim, —dedi Shumbola. Gʻ. Gʻulom, Shum bola
halqa soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yosh halqasi (yoki halqa yosh)
-
Nodirning koʻzlarida yosh halqasi suzardi. Sh. Gʻulomov, Yorqin ufqlar
-
U kishi., koʻzlarida halqa-halqa yosh, jimgina kelib, peshonamdan oʻpdilar. O. Yoqubov, Izlayman
HALQA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАЛҚА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
halqa so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar