standart
bilan ulashing
1. Oʻziga oʻxshash boshqa obyektlarni taqqoslash uchun asos qilib olingan namuna, andoza, etalon.
2. Standartlashtirilayotgan obyektga nisbatan qoʻllanadigan meʼyorlar, qoidalar, talablar majmuini belgilovchi rasmiy meʼyoriy-texnik hujjat.
-
Davlat standartlari.
-
Nuqsonlar, non sifati boʻyicha davlat inspeksiyasining tekshirishicha, davlat standartiga va non yopish texnologiyasi qoidalariga rioya qilmaslik natijasida kelib chiqadi. Fan va turmush
1. Standartga muvofiq, mos boʻlgan, standart talablariga javob beradigan.
-
Standart uylar. Standart detallar.
-
Sinalayotgan yangi navlar, hosil-dorligi va qimmatli xoʻjalik belgilari boʻyicha, standart navga qiyoslab baholanadi. OʻzME
2. koʻchma Bir qolipdagi, shablon.
-
Standart gap. mi
-
Kelganlar men bilan ikki soʻzli standart tabrik aytib soʻrashdilar. Sh. Rizo, Qor yogʻdi, izlar bosildi
STANDART so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СТАНДАРТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan STANDART so‘ziga berilgan ma’nolar
standart so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
standart so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar