mo‘g‘ol
bilan ulashing
Sirdaryo viloyati Xovos tumani, Jizzax viloyati Zomin, Baxmal tumanlari; Toshkent viloyati Piskent tumani, Samarqand viloyati Urgut tumanidagi qishloq. Mo‘g‘ol, mug‘ol – etnonim. Nomning birinchi komponenti qishloq aholisining turkiy mo‘g‘ol qabilasidan ekanligini ko‘rsatuvchi so‘z. Respublikamizda Mug‘ol, Mug‘oltov, Mug‘altay kabi nomlar anchagina. Mo‘g‘ullar istilosi davrida O‘zbekistonga kelib o‘rnashib qolgan turkiy qabilalardan biri mug‘ul, mo‘g‘ul deb ataladi. Rashididdinning qayd qilishicha, mo‘g‘ul so‘zi dastlab mungol tarzida qo‘llanib, “kuchsiz, soddako‘ngil” ma’nosini bildirgan. Aholining etnik tarkibi qishloqning nomlanishiga asos bo‘lgan.
-
Mo‘g‘ol qishlog‘i nomi aholining etnik tarkibi bilan bog‘liq holda yuzaga kelgan.
MO‘G‘OL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МЎҒОЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan MO‘G‘OL so‘ziga berilgan ma’nolar
mo‘g‘ol so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
mo‘g‘ol so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar