mo‘ylov
bilan ulashing
1. Yuqori labning ustini qoplagan moʻylar, murt.
-
Abdishukur qisqa moʻylovining ikki uchini ingichka burab, burnining kataklariga yetkizgan oʻttiz besh yoshli oriqqina kishi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. so‘zlashuv tili Moʻylov qoʻygan, moʻylovi bor (shaxs).
-
Oʻrtada chordana qurib oʻtirgan moʻylov — Roʻzi polvon. T. Murod, Qoʻshiq
-
— Ha-ya, — dedi Toʻqsonov, hamon derazadan moʻralagan holda va yana soʻradi: — Haligi moʻylovingiz koʻrinmay qoldi. P. Tursun, Oʻqituvchi
3. Baʼzi hayvonlarning ustki labi ikki chekkasidan oʻsib chiqqan, sezish uchun xizmat qiladigan moʻylari.
-
Mushuk moʻylovi.
4. Baʼzi hasharotlarning boshidagi hid bilish va sezish qobiliyatiga ega boʻlgan tuklari.
-
Chumoli moʻylovi.
mo‘ylov soʻzi qatnashgan jumlalar:
Moʻylov qilmoq
-
— Mana endi oʻzingiz kelib qoldingiz, uncha-muncha kamomadim bor, bir moʻylov qilib yuborsangiz, — dedi Rahmon Xol-matov raisga. N. Safarov, Uzoq davom etmasinda
-
Buni koʻrgan Mastonov oʻltiraber degan maʼnoda moʻylov qilib qoʻydi. Mushtum
MO‘YLOV so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МЎЙЛОВ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
mo‘ylov so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar