or
bilan ulashing
1. Oʻziga nomunosib yoki ep koʻrilmagan ishdan, narsadan xijolat tortish, uyalish tuygʻusi; uyat, nomus.
-
Xato qilmoq bordir, tuzatmaslik ordir. Maqol
-
Qishloqda birovdan kaltak yeyish azal-azaldan er yigit uchun or sanaladi. N. Norqobilov, Toʻqnashuv
2. Obroʻ, faxr.
-
Nori borning ori bor. Maqol
-
Sen mening chin yorimsan. Dilda yoʻgʻ-u borimsan, Gʻam nomus-u orimsan, Oy borib, omon kelgil. T. Toʻla
or soʻzi qatnashgan jumlalar:
Or bilmoq
-
Mirzakarimboy bilan pul yuzasidan xirillashini, yoqa boʻgʻishni [Yoʻlchi] oʻziga or bildi. Oybek, Tanlangan asarlar
Or qilmoq (yoki etmoq)
-
[Raʼno:] Agar or etsa Layli haqlidir Qaysning jununidin. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
Ori kelmoq
-
— Yoʻq, togʻa, oʻrganib oldim, — dedi uquvsizligidan ori kelgan Qoʻziboy. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar.
OR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
or so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan OR so‘ziga berilgan ma’nolar
or so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar