oqshom
bilan ulashing
1. Quyosh botishi bilan tun boshlanishi oʻrtasidagi gʻira-shira yorugʻ payt.
-
Quyosh botgan, lekin kun hali yorugʻ, har yoqqa oqshom sukunati choʻzilgan. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Koʻngilni qon qiluvchi oqshom qoʻndi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. Kech, kechqurun.
-
[Oysara] Jisman zaifligiga qaramay, koʻp yumush qilar, har oqshom oʻz bolalari bilan tancha atrofini toʻldirib, kitob oʻqir edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Oʻsha oqshom Usmonxoʻjaning hovlisi-da tong otguncha chiroq oʻchmadi, ulfatlari xoʻp kayf-safo qilishdi. X. Toʻxtaboyev, YiIlar va yoʻllar
oqshom soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yarim oqshom
-
Yarim oqshom serjant Orziqulov oʻgʻli yoʻgʻida uning xonasiga kirdi. Yoshlik
-
Yarim oqshom noz uyquda yotuvdim, ikki juvonmarging mindi toʻshima. Erali va Sherali
OQSHOM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОҚШОМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
oqshom so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar