oqsoqol
bilan ulashing
1. Soch-soqoli oqargan keksa odam; moʻysafid.
-
Bu oqsoqol ketsa, oʻrniga yoshroq qorasoqol keladi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
2. tar . Ilgarigi davrda bir yoki bir necha mahalla yoki qishloqqa boshliq boʻlgan mahalliy amaldor.
-
Hayʼat aʼzolari yigirma kun qishloq oqsoqolinikida turib, tekshiruv oʻtkazdilar. S. Siyoyev, Avaz
3. Hozirgi kunda: qishloq fuqarolar yigʻinlari va shaharlar mahalla qoʻmitalari raisi.
-
Uni [mahallani] obod etish, tinchlik-xotirjamlikni taʼminlash, katta-kichik tadbirlarga bosh-qosh boʻlish mahalla oqsoqolining zimmasida. Gazetadan
4. koʻchma Guruh yoki sinf boshligi.
-
Old qatorda oʻtirgan sinf oqsoqolimiz muallimga bir nima dedi. Yoshlik
5. koʻchma Biror sohada koʻp ishlagan, mehnati singan keksa kishi; rahbar.
-
Ertasiga Qamish kapaga Oʻzbekiston oqsoqoli Yoʻldosh Oxunboboyev keldi. P. Tursun, Oʻqituvchi
6. Keksalarga yoki ulugʻ kishilarga nisbatan oʻz tengqurlari tomonidan ishlatiladigan murojaat shakli.
OQSOQOL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОҚСОҚОЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
oqsoqol so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar