oqsa
bilan ulashing
1. Bir oyogʻi kaltaligi, mayib yoki kasalligi tufayli chayqalib, choʻloqlanib yurmoq, oqsoqlanmoq.
-
Xiyla olislab qolgan Mahmud aka sal oqsaganicha ketib borardi. S. Zunnunova, Olov
-
Komandir Steklov oqsardi. U baʼzan beixtiyor ravishda tizzasini changallar, yuzlari, goʻyo alam gʻijimlaganday, bir on burishib ketardi. Oybek, Quyosh qoraymas
2. koʻchma Sustlashmoq, orqada qolmoq, qoniqarsiz yoki past saviyada bormoq.
-
Yangi navlar yaratish, ertapishar, uzun tolali va har qanday kasalliklarga chidamli, ayniqsa, viltga chidamli navlar yaratish ishi oqsayapti. Mirmuhsin, Umid
3. koʻchma Noqislik, kaltalik qilmoq.
-
Nega har bir narsaga yetgan aqling shunga kelganda oqsaydir. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
4. (chiqish kelishigi bilan) s. t. Kamchilik, yetishmovchilik tufayli qiynalmoq, yoʻqlikdan noiloj qolmoq.
-
Puldan oqsamoq.
OQSA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОҚСА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
oqsa so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar