charx
bilan ulashing
1. Ip yigiradigan dukli qoʻl asbobi.
-
Yaxshi xotin erta turib, charx yigirar, Yomon xotin erta turib, oʻchoq kovlar. Maqol
-
Kimdir charx yigiryapti shekilli, gʻir-gʻir ovoz ham kelyapti. X. Toʻxtaboyev, Yillar va yoʻllar
2. Har xil asboblarning, qurilmalarning aylanadigan qismi; parragi.
-
Tegirmon charxi.
-
— Yuringlar, oʻshal quduqning charxini aylantirurmiz, — dedi Alisher M. Osim, Karvon yoʻllarida
3. Kesuvchi asboblarning tigʻini oʻtkirlaydigan, qayraydigan asbob.
-
Charxda pichoq charxlamoq.
4. koʻchma Gardish, aylana.
-
Davr charxi. Charxi falak.
-
Gʻaniyeva gap charxini aylantirib yuborish uchun: — Laʼlixonni ham olib kelmabsiz-da, — dedi. Oydin, Koʻngli toʻldimi, yaxshi yigit
-
Tark etdim charxi falakni, meni tark etmadi ohlar. Yoshlik
5. koʻchma poet. Falak; dunyo.
-
Bu — charxning faqat bir-bir aylanishi, Hamal quyoshi ham taxtiga mindi. A. Isroilov
-
Nomehribon koʻzlardan omon asra meni, charx! K. Obidjon
charx soʻzi qatnashgan jumlalar:
Charx ilonlar
Charx urmoq
-
Hovuz atrofidagi qor bosgan tollar ustida qargʻalar charx urib qagʻillaydi. Oʻ. Hoshimov, Ikki eshik orasi;
-
Velosiped charx uryapti.
Charxi kajraftor
-
Charxi kajraftor toʻnini teskari kiydi.
-
Charxi kajraftorning bir shevasidin dogʻmen Furqat
CHARX so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧАРХ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
charx so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar