charxla
bilan ulashing
1. Kesuvchi asboblarning tigʻini oʻtkirlamoq, qayramoq. Pichoq charxlamoq.
-
Chol pichan gʻarami oldida chalgʻi charxlar edi. Sharq yulduzi.
-
Hakim sovgʻa qilgan qalamtaroshning yoniga oshpichogʻimizni charxlab qoʻshib qoʻydim. S. Siyoyev, Yorugʻlik
2. koʻchma Oʻstirmoq, oʻtkirlamoq, peshlamoq.
-
Aqlni charxlamoq.
-
Charxlab turish kerak ammo Tuygʻu bilan aqlni. A. Oripov
-
Qat-qat yillar tashvishi besaranjom kampirning sezgi quvvatini charxlagan edi. Yoshlik
3. koʻchma Birovga qarshi xezlamoq.
-
[Nor Masturaga:] Xola, meni koʻp charxlamang-u, uvrangizni kesabering! Ogʻzingizga siqqanini uch kunda laqqa jigardek qanorangizga ilib qoʻyaman. Hamza, Paranji sirlari
CHARXLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧАРХЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
charxla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar