to‘qmoq
bilan ulashing
1. Dastasi va uriladigan qismi koʻpincha yogʻochdan qilinadigan, bosqonga oʻxshash asbob.
-
Olchin toʻqmoq. Tunukasozlar toʻqmogʻi. Duradgorlar toʻqmogʻi.
-
Olaxoʻja maxsum boshiga qoʻqqisdan toʻqmoq bilan urilganday, gangib qoldi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Obidjon shu qadar xayolga ketadiki, hatto mahallasidagi degrezlik, tunukasozlik doʻkonlaridan chiqayotgan toʻqmoqlar ovozini ham eshitmaydi. F. Joʻrayev, Obid Jalilov
2. maxs. Turli mexanizm va qurilmalarning uriladigan, zarb beradigan qismi.
-
[Yoʻldosh] Bugun kuni bilan trassaga parma tishlari, burgʻi toʻqmoqlarini tashib, hozir-gina qaytib keldi. A. Muxtor, Chinor
3. koʻchma Zarb, kaltak.
-
Yomon oʻrtoq — oshga oʻrtoq, boshga toʻqmoq. Maqol. Yaxshining soʻzi — qaymoq, Yomonning soʻzi — toʻqmoq. Maqol
-
Toʻgʻri soʻzning toʻqmogʻi bor deganday, bu dashnom onaga qattiq taʼsir qildi. H. Nazir, Mayoq sari
-
Urush qursin, qashinishga tirnogʻim ham qolmadi, hammasini Mekalay yedi! Jabrning toʻqmogʻiga toqat yoʻq. Oybek, Tanlangan asarlar
4. q.x. Gʻalla yanchadigan bosqonsimon ibtidoiy asbob.
TO‘QMOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЎҚМОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
to‘qmoq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar