boyo‘g‘li
bilan ulashing
1. Yapaloqqushlar turkumiga mansub, tunda ov qiladigan bir turli yirtqich qush.
-
Oqshom tushganda, Tozabogʻning olis burchagida boyoʻgʻli sayraydi. S. Siyoyev, Avaz
-
Muyassar qabristondagi boyoʻgʻlining vahimali huv-huv lashidan uygʻonib ketdi-da, qayta uxlay olmadi. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
-
Avvalo, bu boyoʻgʻli emas, haqqush, qoʻrqma. A. Qahhor, Asarlar
2. koʻchma Bexosiyat, mashʼum odam haqida.
-
Oʻrtogʻing boyoʻgʻli boʻlsa, turmushing — vayrona. Maqol.
-
Bundan buyon bogʻimga qadam qoʻymang, siz boyoʻgʻlidan ham battar narsasiz! Qoʻngan yeringizni quritasiz. Mirmuhsin, Chiniqish
-
Butun borliq ogʻir uyquga choʻmganday. Faqat Begmat boyoʻgʻligina uxlay olmasdi. Oʻ. Usmonov, Sirli sohil
BOYO‘G‘LI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БОЙЎҒЛИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
boyo‘g‘li so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar