boz
bilan ulashing
eskirgan, kitobiy Yana, tagʻin; buning ustiga.
-
Oz soʻzlagan boz soʻzlar, Boz soʻzlagan soz soʻzlar. Maqol
-
[Guli:] Yoʻq aslo! Boʻlmasin qurbon Alisher, Qoʻying, el bulbuli boz sayrasin oz! Uygʻun va I. Sulton, Alisher Navoiy
-
Kasal oʻgʻil, xotin, boz xudo bergan uch nabira. Hammasi shu cholga qaram. Oybek, Tanlangan asarlar
boz soʻzi qatnashgan jumlalar:
Boz ustiga
-
Boz ustiga quruvchilar daryoni toʻsishga kirishdilar. E. Samandar, Daryosini yoʻqotgan qirgʻoq
-
Boz ustiga ufq ham och binafsha tusda edi. Saodat
-
Otasi qaridi, boz ustiga kasalmand. S. Siyoyev, Avaz
sheva Lochin, qarchigʻay.
-
Oʻrdak oʻzini gʻoz sanar, Chumchuq oʻzini boz sanar. Maqol
-
Sen-ku bor ekansan, shunqorim — bozim, Falakdan inoyat menga ne lozim. M. Shayxzoda, Chorak asr devoni
BOZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БОЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
BOZ so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan BOZ so‘ziga berilgan ma’nolar
boz so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
boz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar