reyting
bilan ulashing
1. Oʻquvchilar va talabalar bilimini nazorat qilish va baholash usuli va tizimi.
-
Qolaversa, har bir fandan toʻplangan ballarga asoslanib, oʻquvchilarning oʻqishdagi yutuqlarini taqqoslash va reyting natijalariga qarab, ularni farqlash imkoniyati yaratiladi. Gazetadan
-
Maorifimizdagi islohotlar haqida soʻz ketar ekan, maktablarimizda tobora keng qoʻllanayotgan oʻquvchilar bilimini aniqlashda reyting tizimidan foydalanish usuli xususida alohida toʻxtalib oʻtish darkor. Gazetadan
-
Oliy taʼlim tizimida bakalavrlik va magistrlik bosqichlaridagi taʼlim tobora takomillashmoqda, talabalar bilimini baholashning reyting usuli keng joriy etilmoqda. Gazetadan
2. sprt. Sportning baʼzi turlarida (masalan, shaxmatda) erishilgan yutuqlarning samaradorligi va nufuzini baholashda raqamlar bilan ifodalanadigan shaxsiy koʻrsatkich.
-
Sportchilarning reyting koʻrsatkichi. Bokschilarning reyting janglari.
-
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) milliy terma jamoalar uchun avgust oyi reyting jadvalini eʼlon qildi. Gazetadan
3. Siyosat, madaniyat va boshqalar sohalardagi taniqli arboblarning jamoatchilik fikrini oʻrganish yoʻli bilan aniqlanadigan mashhurlik darajasi.
-
Baʼzi tuman gazetalarining reytingi bugun, ochigʻini aytsak, koʻngildagidek emas. Saodat
-
Mashgʻulot olib boradigan oʻqituvchilarning ilmiy darajasi, reytingi, ish stajiga qarab, qoʻshimcha haq toʻlash joriy etildi. Gazetadan
REYTING so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РЕЙТИНГ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
reyting so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar