piyoz
bilan ulashing
1. Barglari naychasimon uzun boʻlib oʻsadigan, ildiz boʻgʻzida yupqa qat-qat poʻstlardan yumaloq tugunak hosil qiladigan, tugunagi va yosh bargi ovqatga ishlatiladigan ikki yillik va koʻp yillik sabzavot oʻsimligi.
-
Oq piyoz. Qizil piyoz. Barra piyoz. Koʻk piyoz. Topgan gul keltirar, topmagan — bir bogʻ piyoz. Maqol
-
Butun oilasi bu yerga pomidor, piyoz, rediska, karam va hokazo rezavor ekib, mumkin qadar eldan burunroq bozorga chiqarib, pul qilishga tirishar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Baʼzi oʻsimliklarning piyozsimon ildizi, tugunagi.
-
Lola piyozi.
piyoz soʻzi qatnashgan jumlalar:
Piyozi ansuriy
Sarimsoq piyoz
Piyozning poʻstiday
-
Piyozning poʻstiday parda.
-
Qorni piyozning poʻstiday boʻldi Qorni juda, nihoyat ochdi
-
Ammo qasamyod qilib aytamizki, qorinlarimiz piyozning poʻstiday boʻlib ketdi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
PIYOZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПИЁЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
PIYOZ so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan PIYOZ so‘ziga berilgan ma’nolar
piyoz so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
piyoz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing