piyoda
bilan ulashing
1. ravish Ulovsiz, oʻz oyogʻi bilan; yayov.
-
Odamlar nimagadir tramvay-trolleybusga oʻtirmay, toʻda-toʻda boʻlib, piyoda ketishyapti. Oʻ. Hoshimov, Qalbinga quloq sol
-
Hoji ota karvonboshi bilan koʻrishib, Roʻzioxunboy bogʻining nihoyasigacha otning chilviridan ushlab, piyoda yurdi. Yoshlik
2. sifatdosh Ot-ulovga ega boʻlmagan, yayov yuradigan.
-
Samolyotlardan soʻng tanklar hujumga kirdi. Uning orqasidan piyoda rotalar qoʻzgʻaldi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Shu choq qishloqning kun botish tomonidan baland ura ovozi eshitildi va qishloqqa moʻr-malaxday yopirilib kelayotgan piyoda askarlar koʻrindi. A. Qahhor, Oltin yulduz
3. ot harb. (asosan koʻpl. shaklida) Yayov jang qilish uchun belgilangan qoʻshin turi.
-
Otliqlar ketidan piyodalar ham yugurib ketishdi. Sh. Xolmirzayev, Qil koʻprik
-
Gulduros bilan kelayotgan tanklar orqasidan piyodalar yugurdi. Oybek, Quyosh qoraymas
4. Ot Shaxmat oʻyinida: eng kuchsiz dona.
-
Oʻyin bilmasang, piyodani sur. Maqol
-
[Muxtorjon] Saidiyga endi javob beraman deb turganda, Mirza Muhiddin bir piyoda surish bilan uning ilgarigi holatda qoldirdi. A. Qahhor, Sarob
5.
-
Trotuar — piyodalar yuradigan yoʻlka.
piyoda soʻzi qatnashgan jumlalar:
Piyoda oʻchoq
PIYODA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПИЁДА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
piyoda so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar