pix
bilan ulashing
Ayrim erkak parrandalarning oyogʻida boʻladigan muguzsimon uchli oʻsimta.
-
Xoʻrozning pixi.
pix soʻzi qatnashgan jumlalar:
Pixi qayrilgan yoki pix(ini) yorgan
-
Ammo Hojimurod ham koʻpni koʻrgan, pixi qayrilganlardan edi. S. Ahmad, Jimjitlik
-
Makkor, pixini yorgan ayyor qancha niqoblanmasin koʻp jinoyatchilarni chaqqonlik bilan qoʻlga tushirgan izquvarlarimizning temir changalidan qochib qutula olmadi. S. Ahmad, Yulduz
pix soʻzi qatnashgan jumlalar:
Pix qilmoq
-
Qovunni pix qilmoq.
taql. s. Mushukning oʻz raqibini qoʻrqitish uchun hurpayib olib, tomoq qirib chiqaradigan tovushi.
-
Boshqa biri orqadan mushuksimon pix deb, meni choʻchitmoqchi boʻldi. Oybek, Bolalik.
sheva Poʻpanak, mogʻor.
-
Pix bogʻlagan non.
PIX so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПИХ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
pix so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar