reza
bilan ulashing
1. sifatdosh Uncha katta boʻlmagan; mayda, kichik.
-
Yonoqlarini reza ter qoplagan qizlar jimgina qoʻshiqqa quloq solar edi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
-
Normatovning qistashi bilan Alitirish dutorini olib, reza kuylarga tushdi. Gʻayratiy, Mening yoshligim
-
[Alijonni] Ichkari uyga boshlab kirdi-da, oldiga qazi bilan tuzlangan bodring keltirib qoʻydi: — Mana bularni reza qilib turing, — dedi Halima. H. Nazir, Oʻtlar tutashganda
2. ot Mayda narsa (suv yoki ter tomchilari haqida).
-
Kuchli kulgidan Raʼnoning koʻzi yoshlanib, oʻsiq kiprigi juftlandi, kulgi va oʻchoq harorati bilan ikki yuzi qizil olmaga aylanib, latif burni ustida marvarid rezalar hosil boʻldi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Mavjlaridan rezalar uchib, chayqaladi muqaddas dars. Gazetadan
REZA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РЕЗА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
reza so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar