to‘qnash
bilan ulashing
1. Yuzma-yuz uchrashmoq, toʻqnash, duch kelmoq, yoʻliqmoq.
-
Davlatyor koʻprikdan oʻtmay, ariqdan hatladi, kutubxona eshigi oldida Saodatxon bilan toʻqnashdi. N. Safarov, Saodatning qissasi
2. Koʻzlar toʻqnashdi Koʻzlar bir-biriga tushdi.
-
Teshaboy ham ayni nazokat bilan javob qildi, shunda ikkovining koʻzlari toʻqnashdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
3. Ikki tomondan duch kelib, bir-biriga urilmoq, toʻqinmoq.
-
Mashinalar koʻprik ustida toʻqnashib shikastlandi.
4. Bir-biriga roʻbaroʻ boʻlmoq, bir-biriga duch kelmoq (qarama-qarshi, raqib tomonlar, qarashlar va shu kabilar haqida).
-
Yakshanba kuni shaharning Qarshi darvozasidan uch farsax narida ikki tomon sarbozlari toʻqnashib, bir muddatlik toʻs-toʻpolon jangdan soʻng, buxoroliklar tor-mor etildi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Ilgʻorlik bilan qoloqlik, samimiylik bilan hasad, oliyjanoblik bilan tubanlik toʻqnashadi. Shukrullo, Javohirlar sandigʻi
-
Murodning miyasida qarama-qarshi fikrlar toʻqnashdi. T. Ashurov, Oq ot
TO‘QNASH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЎҚНАШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
to‘qnash so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar