to‘qqiz
bilan ulashing
1. 9 raqami va shu raqam bilan ifodalangan son, miqdor.
-
Toʻqqizdan uchni ayirmoq. Toʻqqiz soʻm pul. Toʻqqiz kilogramm yogʻ.
-
Dushman kechgacha toʻqqiz marta hujum qildi va har safar qaqshatqich zarbaga uchrar edi. A. Qahhor, Oltin yulduz
2. aynan Toʻqqiz-toʻqqiz.
-
[Hojar Toʻlaxonga:] Otang yurtning biri, kami besh yuz joydan toʻqqiz olib, toʻn kiygan. Hamza, Paranji sirlari
-
Men bahuzur yozilib oʻtirib, toʻy ziyofatlarini yedim, hammaning oldiga toʻqqiz ulashilgandan keyin qaytdik. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
to‘qqiz soʻzi qatnashgan jumlalar:
Toʻqqiz pul
-
Sogʻligʻing boʻlmasa, bu davlating toʻqqiz pul. Toʻqqiz pulga qimmat odam.
Toʻqqiz puldek qilib tushuntirib (yoki tugib) bermoq
-
Hushyor savdogar uchun elchining bir imosi kifoya qildi, unga gapni toʻqqiz puldek qilib tugib berishning hojati yoʻq edi. M. Osim, Elchilar
TO‘QQIZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЎҚҚИЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
to‘qqiz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar