bachkana
bilan ulashing
1. eskirgan Bolalar uchun moʻljallangan (ust-bosh, oyoq kiyim haqida).◆
-
Bachkana mahsi.
-
Hayitga narsa olishga ulgurolmaganlar chin arafa kechasi tipirchilab qolar katta-yu kichigining farqiga bormay “mardona“, “zaifona“, bachkana kiyimlarni sotib olar edilar. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
2. koʻchma Yosh bolalarga xos boʻlgan, kattalarga, katta yoshdagi kishilarga yarashmagan, kelishmaydigan.◆
-
Bachkana qiliqlar. Bachkana odam,
-
Habiba ukasining bachkana qiliqlariga gʻashi kelsayam, indamay qoʻyib berdi. Q. Kenja, Togʻ yoʻlida bir oqshom
-
U oʻziga yarashmaydigan bachkana harakatlar qilar edi. Mushtum
-
— Xi-xi-xi, — bachkana kuldi chol. Oybek, Tanlangan asarlar
3. koʻchma Bolalarcha mulohaza yuritilgan; qisqa oʻylangan; yuzaki, xom.◆
-
Bachkana asar.
-
Jinoyatchilarning koʻpi bachkana masalalar ustida shikoyat qiladilar. Gazetadan
-
U hozirgi bir necha shoirlarning eski shaklda, bachkana mazmunli sheʼrlaridan misollar koʻrsatib, majlisni kuldirdi. Oybek, Nur qidirib
4. Yarashmaydigan, mos kelmaydigan; soxta.◆
-
— Tavba. Buvnisa, [paranji] bachkana koʻrinar ekan-a? — dedi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
-
oʻzlari oʻralashib qolgan bachkana hissiyot va kechinmalarini yuksak grajdanlik pafosiga qarama-qarshi qoʻydilar. Gazetadan
BACHKANA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАЧКАНА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bachkana so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar